Andijonda erkak o‘g‘li bilan janjallashgan bolani ayovsiz kaltakladi (video)
3-sahifa
−
21 iyun 7751 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak o‘smirlarning mushtlashuviga aralashib, ulardan birini kaltaklagani aks etgan video tarqalgan edi. Ushbu erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 18 iyun kuni taxminan soat 15:30 larda Shahrixon tumani “Namozgoh” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoy kanalida 2016 yilda tug‘ilgan ikki nafar bola cho‘milish vaqtida janjallashib qolgan.
Shundan so‘ng, 1988 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalardan birining otasi janjalga aralashib, qo‘shnisining bolasini kaltaklagan.
Ichki ishlar bo‘limida erkak o‘z xatti-harakatlarining oqibatini o‘ylamasdan, bolaga ruhiy jarohat yetkazishi mumkinligini aytib, qilgan ishidan pushaymonligini tan olgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi