Jizzaxda armiyadagi 19 yoshli askar vafot etdi
3-sahifa
−
16 iyun 2023
21244Jizzax viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan 19 yoshli askar vafot etdi. Bu haqda Milliy gvardiya Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 6 iyun kuni sog‘lig‘i yomonlashgan askar 7 iyun kuni Samarqand harbiy gospitaliga olib ketilgan va kecha, 15 iyun kuni o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan 19 yoshli oddiy askar T.O. 6 iyun kuni tibbiyot bo‘limi feldsheriga oshqozonida og‘riq borligi bilan murojaat qilgan.
T.O. 7 iyun kuni Boshqarma tibbiyot bo‘limi boshlig‘i tomonidan Samarqand harbiy gospitaliga olib borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Mutaxassis-terapevt vrachning surunkali gastroduodenit (oshqozon kasalligi) qo‘zish davri tashxisi bilan terapiya bo‘limiga stansionar davolanish uchun yotqizilgan.
Shuningdek, kecha, 15 iyun kuni soat 14:00 da askarning sog‘lig‘i yomonlashib, harbiy gospitalda vafot etgan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra unda o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sababli to‘satdan o‘lim holati qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar