Jizzaxda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota 15 sutkaga qamaldi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida bolasiga aliment  to‘lashdan qochib yurgan ota 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Majburiy ijro byurosi xabar berdi.  

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi qarzdor  I.T. hisobidan undiruvchi G.Sh foydasiga farzandlari ta’minoti uchun aliment undirishni belgilagan. Olib borilgan ijro harakatlariga qaramasdan qarzdor aliment pulini to‘lamasdan bo‘yin tovlab kelayotgani aniqlangan.

“Qarzdorligi bugungi kun holatiga 10 mln so‘mdan oshganligi uchun qarzdor otaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 4-qismiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada aliment to‘lashdan qochib yurgan ota tungi klubdan topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax qamaldi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing