Jizzaxda aliment to‘lamay kelgan ota qamaldi
3-sahifa
−
30 may
3754Jizzax viloyatida aliment qarzdorligini to‘lamay kelgan ota 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Majburiy ijro byurosi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor otadan alimentdan bo‘lgan qarzni undirish Prokuratura byurosining Sh.Rashidov tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari sudiga yuborilgan.
Sud jarayonida qarzdor o‘z aybiga iqror bo‘lib, aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lay olmaganligini, oilaviy sharoiti og‘irligi sababli, hozir ham aliment to‘lovlarini to‘lab bera olmasligini aytib, unga qonuniy yengillik berishni so‘ragan.
Undiruvchi esa sudda farzandlarining otasi aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamasligini, farzandlarini bir o‘zi juda qiynalib, tarbiyalayotganini, qarzdordan aliment to‘lovlarini to‘liq undirib berib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Sud qaroriga asosan qarzdor Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Qarzdor ota sud zalida darhol qamoqqa olinib, jazoni o‘tash uchun maxsus muassasaga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq alimentdan qarzdorligini to‘lamay yurgan samarqandlik ayol Toshkentdan topilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi