Jizzaxda 800 ming so‘m qarz ustida bir guruh shaxslar mushtlashdi
3-sahifa
−
22 Oktabr
8205Jizzax viloyatining Jizzax shahrida 800 ming so‘m qarz ustida bir nechta odamlar mushtlashdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, janjal tumanning O‘ratepalik mahallasida joylashgan ovqatlanish shoxobchasida ishlovchi yigitdan tanishi qarzini so‘rab kelishidan boshlangan. Pulini undira olmasligini sezgan fuqaro zo‘rlik yo‘liga o‘tgan va janjalga boshqa yo‘lovchi fuqaro ham aralashgan. Mushtumzo‘rdan jabrlanuvchiga aylanib qolayotganini sezgan fuqaro qaytib kelishini va’da qilib, jo‘nagan. Shu kunning o‘zida qarz beruvchi soat 16:30 lar atrofida bir nechta tanishlarini ovqatlanish shoxobchasiga boshlab kelgan va qarz oluvchini ham, uning sheriklarini ham do‘pposlagan.
Jabrlanuvchilarning shikoyat arizasiga binoan bezorilarga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, javobgarlikni belgilash choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatidagi shifoxonalarning birida bemor ko‘rishga kelgan aka-ukalar bezorilik qilgandi. Hamshiralar o‘sha vaqtda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilayotgani sababli bemor haqida ma’lumot bera olmagan. Bu esa aka-ukalarning jahlini chiqargan. Huquqbuzarlardan biri hamshiralarni haqorat qilib, qabul bo‘limidagi shisha to‘siq, kompyuter ekrani va eshik oynasini sindirgandi. Shuningdek, aka-ukalar ichki ishlar xodimlariga ham qarshilik ko‘rsatishga uringan edi.
Huquqbuzarlarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudiga yuborilgan. Sud qarori bilan 3 nafar aka-ukaning 2 nafariga 15 kun muddatga ma’muriy qamoq, bir nafariga BHMning 12 baravari (4 mln 80 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llangan.
LiveBarchasi