Jizzaxda 745,3 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlagan fermer xo‘jaliklari aniqlandi
3-sahifa
−
17 iyul
4420Jizzaxda 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Baxmal, Yangiobod va Paxtakor tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “M.B.”, “L.M.” hamda “U.S.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan tarmoqqa ulab, jami 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan MCHJ rahbariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.
LiveBarchasi