Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi jazolandi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida 55 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlar murojaatini o‘z vaqtida ko‘rmagani uchun jazolandi. Bu haqda Biznes ombudsman xabar berdi.

Qayd etilishicha, Biznes ombudsman tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim hokim yordamchilari tomonidan qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

“Vazirlar Mahkamasining 373-son qaroriga asosan, hokim yordamchisi tadbirkorning kredit olish uchun arizasini 5 kun ichida ko‘rib chiqib, Yagona elektron platformaga o‘z xulosasini kiritishi shart. Ammo Jizzax viloyatidagi 55 nafar hokim yordamchisi ushbu talabga rioya qilmagan. Ularning harakatsizligi oqibatida 110 dan ortiq tadbirkorning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmadi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, Zomin tumanidagi “Yaxshi niyat” (nomi o‘zgartirilgan) MCHJ rahbarining kredit olish uchun arizasi belgilangan muddatdan 60 kunga kechikib ko‘rib chiqilgan.

Qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani hokimi o‘rinbosari MCHJ rahbari “Tadbirkor virtual ofisi” orqali yo‘llagan murojaatni bir oydan ortiq vaqt o‘tgandan keyin ko‘rib chiqqani uchun javobgarlikka tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkor Jizzax hokim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made