Jizzaxda 50 yoshli ayol erini pichoqlab qo‘ydi
3-sahifa
−
04 avgust 2022
12462Jizzax viloyati Zafarobod tumanida 50 yoshli ayol erini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 22 iyun kuni soat taxminan 21:00 da Zafarobod tumanining Uzun mahallasida sodir bo‘lgan. Mazkur hududdagi xonadonlardan birida vaqtincha yashab kelgan er-xotin o‘zaro gap talashib, tortishib qolgan.
Oqibatda 50 yoshli ayol jahl ustida oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining qorin qismiga bir marotaba urgan. Erkak hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Biroq, u ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 10 kundan so‘ng vafot etgan.
Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayolga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi