Jizzaxda 3-4 kishi yosh yigitni “samosud” qildi

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida 3-4 kishi fuqaroni “samosud” qilib, urgani aks etgan video tarqaldi. Unda bir bolani ayblab, o‘ldirish, hattoki dalaga ko‘mib yuborish bilan tahdid qilinganini ko‘rish mumkin.

Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB Matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 sentyabr kuni fuqaro T.Z Sharof Rashidov tumani Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan E.O, I.D va N.Sh. uning muqaddam ijtimoiy tarmoq orqali yuborgan rasmini o‘zaro muhokama qilish uchun chaqirib, turli so‘zlar bilan haqorat qilib, urib-tepib, tan jarohati yetkazgani va ushbu jarayonni videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgani sababli qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan 20 sentyabr kuni Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax

Baholaganlar

470

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing