Jizzaxda prokuraturaning 2 nafar xodimi mudhish YTHga uchrab, vafot etdi
3-sahifa
−
28 Mart 2023 12522 1 daqiqa
Jizzax viloyatida 2 nafar prokuratura xodimi ayanchli yo‘l transport hodisasiga uchrab, halok bo‘ldi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 18 mart kuni 23:00 da viloyatning Zomin tumanida sodir bo‘lgan. Lacetti rusumli avtomashinada tuman prokuraturasida ishlovchi 3 nafar shaxs bo‘lgan. Mashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tarafidagi daraxtga ayanchli tarzda urilgan. Oqibatda mashinadagi 2 nafar kishi olgan jiddiy tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. Yana biri esa tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr