Jizzaxda 12 yoshli aka ikki singlisini mashinada “kataysa” qildirdi (video)
Jamiyat
−
15 Oktabr 2023 57297 1 daqiqa
Jizzax viloyatida 5-sinf o‘quvchisi ikki nafar singlisi bilan mashina boshqargani aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 12 yoshli bola mashina haydab ketayotgan vaqtda yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan to‘xtatilgan. Aniqlanishicha, 5-sinf o‘quvchisining yonida ikki singlisi ham bor bo‘lgan.
Bolalarning onasi bilan olib borilgan profilaktik suhbat chog‘ida u sog‘lig‘ida jiddiy muammolar bo‘lgani uchun o‘g‘liga mashina haydashga ruxsat berganini aytgan.
“Kechiring, qo‘rqib qoldim, boshqa mashina haydamayman”, deya uzr so‘ragan bola.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida Spark mashinasiga 25 nafar bolani mindirib olgan ayol to‘xtatib qolingan edi. Aniqlanishicha, xususiy bog‘chada ishlovchi haydovchi ayol bolalarni uylariga shu tarzda olib ketayotgan bo‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025