Jizzaxda 1,3 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan “uddaburon” ushlandi
3-sahifa
−
07 fevral
3749Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida fuqaro 1 milliard 354 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumanning Samarqand ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z xonadonida rudadan rangli metallarni ajratish uchun tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan va 1 milliard 354 million so‘mlik zarar aniqlangan. Mazkur noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida 5,3 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ohak ishlab chiqarish sexi aniqlangan edi. Tumanda olib borilgan reyd jarayonida “Besh qovoq” MFYda joylashgan “B. B. B.” MCHJga qarashli binoda loyiha texnik hujjatlarisiz, nosoz holatdagi gaz hisoblash uskunasi bilan bir dona ohak xumdonida 20 dona nostandart gaz yondirgichlar orqali ohak tayyorlash uchun tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan. Tabiiy gazdan foydalanish shartnomasida tuz ishlab chiqarish maqsadida foydalanish ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, MCHJ gazdan ohak ishlab chiqarishda foydalangan.
LiveBarchasi