Jizzaxda hokim yordamchisi 2000 AQSH dollar pora bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
08 noyabr 2022
10461Davlat xavfsizlik ximati Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekor tadbir davomida Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” MFYda hokim yordamchisi sifatida ishlab kelgan shaxs korrupsiyada ayblanib qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, hokim yordamchisi aldash va ishonchni suiste’mol qilish orqali moddiy boylik orttirishni maqsad qilgan. U hududdagi tadbirkorlarning ishonchiga kirib, tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ta’minotchi sifatida fuqarolarga qurilayotgan 10 ta issiqxonaning qurilishi bitkazilmaganini bila turib, mazkur issiqxonalar uchun jami 330 million so‘m miqdoridagi pullarni tadbirkor boshqaruvidagi ma’sulyati cheklangan jamiyatning hisobiga o‘tkazish uchun yordam berishini aytadi. Buning uchun esa Sharof Rashidov tuman hokimining birinchi o‘rinbosaridan rozilik kerakligini, o‘ziga va hokim o‘rinbosariga ming dollardan berilgan taqdirdagina masalani hal qilib berishini va’da qiladi.
Hokim yordamchisi tadbirkordan talab qilingan 2 ming AQSH dollarni joriy yilning 17 oktyabrida Sharof Rashidov tumani “Yuksalish”mahallasidagi avtomobillarga gaz quyish shahobchasi oldida o‘ziga tegishli “Nexia” avtomashinasining salonida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda, mazkur ish yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zgatilib, tergov harakatlari davom etirilmoqda.
LiveBarchasi