Jizzaxda ham jinoiy guruhlarga a’zo shaxslar qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida ham “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga a’zo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini o‘tkazishga urinayotgan shaxslarni qo‘lga olish va ularning jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Bildirilishicha, maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini o‘tkazishga urinayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi doirasida 3 nafar shaxslar qo‘lga olinib, 12 nafar shaxslarga jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

Shuningdek, jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxslar ushlangan.

Xuddi shunday viloyat hududida tezkor vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, jinoyat sodir yetishga moyil 20 nafar shaxslarning yashash manzillarida maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan. Natijada noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelgan 10 nafar shaxslar aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, shu kungacha Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlarida hamda Toshkent shahrida tezkor profilaktik tadbirlar doirasida jinoyatchilikda gumonlangan shaxslar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax Dolzarb 40 kunlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made