“Jizzaxcha statistika”: 2016 yil bilan solishtirganda viloyat barcha jabhalarda keskin rivojlangan

Jamiyat

image

Joriy yilning 21 dekabr kuni Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning oxirlayotgan yilda viloyatda amalga oshirilgan ishlar va islohotlarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi. Hokim hisobotida 2020 yil yakuni bilan viloyatda barcha asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda 2016 yilga nisbatan o‘sish qayd etilayotgani ta’kidlab o‘tilgan. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmatining xabarida qayd etilgan.

Qayd etilishicha, Jizzaxning yalpi hududiy mahsuloti hajmi 2016 yilning mos davriga nisbatan 3,6 baravar yoki 12,8 trln so‘mga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2016 yilga nisbatan 2,9 baravarga yoki 3,9 trln so‘mga, iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi  2,3 barobarga yoki 1,5 trln so‘mga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 10 baravarga yoki 13,1 trln so‘mga, pudrat ishlari hajmi 7,7 baravarga yoki 2,3 trln so‘mga, chakana savdo aylanmasi 18,7 baravarga yoki 6,5 trln so‘mga, jami xizmatlar hajmi 2,8 baravarga yoki 3,1 trln. so‘mga oshgan.

“Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2016 yilga nisbatan o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi esa 12,3 barobarga eksport hajmi 3,2 barobarga ko‘paydi. Oxirgi 3 yil davomida 8715 ta kichik biznes sub’ektlari tashkil etilib, qariyb 2 barobarga ko‘paydi.

Qishloq xo‘jaligida joriy yilda viloyatda 684 ming tonna g‘alla, 220 ming tonna paxta, 730 tonna pilla, 440 ming tonna meva-sabzavot, 615 ming tonna go‘sht va sut mahsulotlari, 231 million dona tuxum yetishtirildi. 41,3 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qayta ishlanib, 26,8 mln dollarlik tayyor mahsulot yeksport qilindi”, deyiladi hokimlik statistikasida.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat hokimi Ergash Saliyev hisobotida yoshlar bandligi va ta’limga hamda 2020 yildi yoshlarni ishlarga jalb qilinishiga ham to‘xtalib o‘tgan emish.

Unga ko‘ra, viloyatda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab–quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 2910 nafar yoshlarga jami 161 milliard so‘mlik kreditlar berilgan.

Shundan 964 milliard so‘m 294 nafar yosh tadbirkorlarga, 2,5 milliard so‘m – 21 ta nafar yosh fermerlarga, 44 milliard so‘m – 70 nafar yosh hunarmandlarga va 58,7 milliard so‘m – 2525 nafar yosh yigit-qizlarga berilgan. Fermer xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun kreditlar ajratilgan.

Xususan, “Yoshlar-kelajagimiz” dasturi asosida 76 nafar yosh tadbirkorga 24 milliard so‘m miqdorida kreditlar berilgan.

Ma’ruzada kambag‘allik muammosi va bu borada olib borilgan ishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Yil davomida olib borilgan ishlar natijasida 14,987 (88,0 foiz) kam ta’minlangan oilalardan 20,343 (97,5 foiz) ishsiz oila a’zolari ish bilan ta’minlangan. Xullas, shunaqa gaplar.

Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasidan so‘ng, jurnalistlar va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan.

Deputatlarga hisob bergan yaxshi. Ammo nega 2019 yil bilan emas, “uzoq” 2016 yil iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan solishtirilgani qiziq. Yoki bu yil davomida qilingan ishlarni sarhisob qilishning “Jizzaxcha” yo‘limi yoxud rivojlanishning.

Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlar Ergash Saliyevning hisobotiga nisbatan hokimlikdagilar yanayam qadimroqqa masalan, 1991 yildagi O‘zbekistonning iqtisodiy holatiga yoki 1941 yildagi ko‘rsatkichlarga qiyoslab qo‘ya qolishmabti-da degan fikrni bildiryapti.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing