Jizzax viloyatiga yangi bosh soliqchi tayinlandi

Jamiyat

image

Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Bekzod Turg‘unovich Toshpo‘latov – Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bekzod Toshpo‘latov 1983 yilda Jizzax shahrida tug‘ilgan. U mazkur tayinlovga qadar Jizzax viloyat DSB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyati DSBning avvalgi rahbari Yunusjon Nasimjonov Prezident qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Bekzod Toshpo'latov

Baholaganlar

247

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing