Jizzax viloyati SSBga boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
14 Oktabr 2024 9166 1 daqiqa
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Mahmarasul Do‘smatovich Umarov Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mahmarasul Umarov 1992 yili Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Sirdaryo viloyat Sanitariya-epidemiologiya markazida vrach-epidemiolog, Do‘stlik tuman tibbiyot kollejida direktor muovini, direktor, Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida vrach-epidemiolog kabi qator mas’ul vazifalarda ishlagan.
U mazkur tayinlovga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ko‘palbay Raimberdiyevich Tangriberdiyev Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr