Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining buyrug‘i bilan Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 1 iyul kunidan Dilfuza Ro‘ziqulovna Sadriddinova Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi rahbari lavozimida o‘z faoliyatini boshladi.

Dilfuza Sadriddinova 1994 yili Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan.

1994 yildan shu kunga qadar xalq ta’limi sohasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Yangi tayinlovga qadar, 2004 yildan beri  Jizzax shahridagi eng nufuzli maktablardan biri hisoblangan 22-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktori lavozimida ishlab kelgan.

Dilfuza Sadriddinovaga Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi rahbari lavozimi vazifasida viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim mussasalari faoliyatini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xalq ta'limi vazirligi tayinlov Jizzax

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing