Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Olam

image

Sardor Shuhratovich Shukurulloyev Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sardor Shukurulloyev 1991 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2012 yilda O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi (bakalavr) va 2014 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti (magistratura)ni tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, makroiqtisodiyot.

U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sirdaryo viloyatidagi Sardoba tumaniga Ziyodulla Karimov hokim etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax Sardor Shukurulloev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing