Jizzax viloyati hokimiga Xitoyda ishlagan o‘rinbosar keldi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2021 7954 1 daqiqa
Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Nodir Bahodirovich Nurmatov Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Nodir Nurmatov 1979 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Ma’lumoti – oliy. 2002 yilda AQSH davlatidagi Nyu-York universitetining yuridik maktabi, 2005 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (bakalavr), 2007 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (magistratura)ni tamomlagan.
U mehnat faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligida olib borgan. Jumladan, 2016-2021 yillarda O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan.
U kecha, 7 sentyabr kuni “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21, 25-moddalariga asosan, Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari-Investitsiyalar va tashqi saavdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yildan beri Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari –Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Azim Ahmedxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025