Jizzax va Xorazmda kelinlar o‘z seplarini erining uyidan MIB yordamida qaytarib oldi (foto)

3-sahifa

image

Jizzax va Xorazm viloyatlarida kelinlar o‘z sarpolarini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2018 yilda O‘rinovlar oilasining katta to‘y qilib qurilgan oilasi ma’lum muddatdan so‘ng buziladi va sep-u sarpolar bilan kelgan kelin ota uyiga bitta sumka bilan yo‘l oladi. Shundan so‘ng, sepini osonlikcha qaytarib olishga ko‘zi yetmagan ayol masalani qonuniy yo‘l bilan hal qilish maqsadida sudga murojaat qilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining joriy yilning 1 martdagi S.U. (xotin)ga P.U. (er)dan mol-mulkini olib berish to‘g‘risidagi ijro varaqasi byuroning Jizzax shahar bo‘limiga kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra qarzdorlarga ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlash uchun muddat berilgan.

Ijro harakatlari davomida P.U.ning yashash xonadonidan kelinga tegishli mulklar majburiy tartibda olib berilgan, ijro hujjati amaldagi Qonun 41-moddasi 1-qismiga asosan rasmiylashtirilgan.

Yana shunday holatlardan biri, Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida sodir bo‘lgan. Oila qurganiga bir yil o‘tar-o‘tmas ikki yosh o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgani oqibatida kelin ota uyiga qaytib keladi va kuyovdan seplarini qaytarib berishni talab qiladi.

Biroq, turmush o‘rtog‘ining uyidan o‘ziga tegishli bo‘lgan mulklarni olib ketmoqchi bo‘lganida qarshiliklarga duch kelgan kelin seplarini erining uyidan olib berishini so‘rab, sudga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor G‘.A.(er)dan undiruvchi M.T.(xotin)ning foydasiga 17 turdagi mol-mulklarini olib berish belgilangan.

Bundan tashqari, yana shunga o‘xshash ish bo‘yicha Byuroning Bog‘ot tuman bo‘limiga ijro hujjati kelib tushgan.

Unda qarzdor R.M.(er)dan undiruvchi B.S.(xotin)ning foydasiga 53 xil turdagi 26,4 mln. so‘mlik sep olib berish belgilangan.

Mazkur ijro hujjatlari yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan harakatlar davomida undiruvchining mol-mulklari to‘liqligicha o‘ziga olib berilib, hujjat ijrosi ta’minlangan.


Maqola muallifi

Teglar

MIB kelinlar sep sarpo qudalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing