Jizzaxda davlat arxividagi 3 mingga yaqin hujjatlar “makulatura”ga topshirib yuborildi

3-sahifa

image

Jizzaxda davlat arxivi saqlovida bo‘lgan hujjatlar makulaturaga topshirib yuborilgani aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Jizzax viloyati prokuraturasiga yuborilgan. Bu haqda “O‘zarxiv” agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 may kuni Jizzax viloyati davlat arxivi saqlovidagi hujjatlar yo‘qolgani aniqlangan. 

Jizzax viloyati davlat arxivi saqlovida bo‘lgan hujjatlaridan noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan va tezkor qidiruv ishlari natijasida 2 660 s. b. hujjatlar Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan ikkilamchi qog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash maskanidan qaytarib olib kelingan.

Hozirda, Jizzax viloyati davlat arxivida navbatdan tashqari arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini to‘liq tekshirish amalga oshirilmoqda. Shuningdek, arxiv binosining videokuzatuv kameralari ishchi holatiga keltirilgan. 

Bulardan tashqari, mazkur holat bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligining Ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyati davlat arxivida xizmat tekshiruv o‘tkazildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Jizzax viloyati prokuraturasiga yuborilgan. 

Mazkur holat bo‘yicha, Jizzax viloyati prokuraturasi va Jizzax viloyati ichki ishlar organlari tomonidan tekshirishlar olib borilmoqda. Ushbu holat bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar Agentlik tomonidan taqdim etib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zarxiv

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing