Adliya vazirligi huzuridagi 2 agentlikka rahbarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasidan Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilgan Personallashtirish hamda O‘zarxiv agentliklariga direktorlar tayinlandi. Bu haqda Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Ulug‘bek Shuhratovich Toshxo‘jayev Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan.

Ulug‘bek Toshxo‘jayev shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ulug‘bek Toshxo‘jayev 1974 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (bakalavr), 2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi (magistratura)ni tamomlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Ulug‘bek Yusupov Mirtolibovich Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktorligiga tayinlandi.

Ulug‘bek Yusupov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ulug‘bek Yusupov 1985 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2023 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston 2023 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda hukumatga bo‘ysunuvchi mustaqil ijro etuvchi hokimiyat organlari soni 61 tadan 28 taga qisqartirilgandi. Xususan, “O‘zarxiv” agentligi va Davlat personallashtirish markazi Vazirlar Mahkamasidan Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Sherzod Mirjalilovich Rabiyev Adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi agentlik O'zarxiv Personallashtirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing