Jizzaxda ko‘p nuqsonli chaqaloq tug‘ildi. SSV holat sabablarini ochiqladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan tug‘ma nuqsonli chaqaloq dunyoga kelgani aytilgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Sog‘liqni sog‘liqni saqlash boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, bu chaqaloq viloyatning Do‘stlik tumanida dunyoga kelgan. Joriy yilning 4 iyun kuni soat 04:00 atrofida 28 yoshli fuqaro X. T. tuman markaziy shifoxonasining tug‘uruq bo‘limiga murojaat qilgan. Unga “Homiladorlik 2. Tug‘uruq 2. 35 hafta 4 kun. Homilaning chanog‘i bilan kelishi” tashxisi qo‘yilgan.

Shu kuni soat 06:10 da “Ko‘p nuqsonli chaqaloq. Tug‘ma ixtioz og‘ir darajasi” tashxisi bilan og‘irligi 2800 gramm, bo‘yi 47 santimetr bo‘lgan, muddatiga yetgan o‘g‘il jinsli nogironligi bor chaqaloq dunyoga kelgan. Ko‘rsatilgan reanimatsion tibbiy muolajalarga qaramasdan hayotga zid qo‘shma asoratlar bilan tug‘ilgan go‘dak shu kuni 08:20 da vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur tug‘ilgan ko‘p nuqsonli chaqaloqning ota-onasi aka-singilning farzandlari bo‘lgan. Ushbu oila ikkala tomonning ham ikkinchi turmushi hisoblanadi. Ularning avvalgi turmushlaridan bir nafardan sog‘lom farzandlari bor. Ayolning mazkur homiladorlik davri normal kechgan.

Qayd etish kerakki, tibbiyotda aksariyat hollarda yaqin qarindoshlar nikohi tufayli bolalar turli irsiy nuqsonlar bilan dunyoga kelishi isbotlangan. Xususan, bunday oilalar tufayli tug‘ilajak bolada tug‘ma aqliy zaiflik, xromosom kasalliklar, daun sindromi, aqliy va jismoniy o‘sishdagi jiddiy oqsoqlik kabi xavfli xastaliklar kelib chiqishi mumkin”, deyiladi xabarda.
 
“Shu bois, oila qurishga shaylanayotgan yoshlarga, eng avvalo, tibbiy ko‘rikdan o‘tib, so‘ngra yangi hayotga qadam qo‘yishlarini, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan saqlanishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax tug'ma nuqsonli chaqaloq

Baholaganlar

2735

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing