Jiu-jitsu bo‘yicha jahon chempioni To‘qayevga “oxrana” bo‘ldi
Olam
−
10 fevral
10335Jiu-jitsu bo‘yicha jahon chempioni Roman Torexanov Qozog‘iston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari va mamlakat prezidentining xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlandi. Bu haqdagi farmoyish davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan imzolandi.
Ilgari Prezident xavfsizlik xizmatini hozirda Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangan Chingiz Arinov boshqargan.
41 yoshli Roman Torexanov 2016 yilning aprel oyida Braziliya jiu-jitsusi bo‘yicha professionallar o‘rtasida 94 kilogramm vazn toifasida, shuningdek, mutlaq vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan.
Braziliya jiu-jitsusi – jang san’ati va xalqaro jangovar sport turi bo‘lib, uning asosini quruqlikdagi janglar hamda og‘riqli va bo‘g‘uvchi usullar tashkil etadi.
LiveBarchasi