Jiru terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga ishora qildi

Sport

image

“Milan” hujumchisi Olive Jiru Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi to‘g‘risida fikr bildirdi.

Forvardning so‘zlariga ko‘ra, uning uzoq muddatli rejalari yo‘q va bor e’tiborini hozir oldida turgan vazifalarga qaratadi.

“Eng muhimi, jismoniy holat va musobaqalarga tayyor bo‘lish. Maqsadim – bo‘lajak Yevropa chempionati. Biz 2016 yilda deyarli Yevropa chempionatini yutgandik va yana bu kubokni Fransiyaga olib kelmoqchiman. Bu men uchun so‘nggi turnir bo‘lishi mumkin, ammo kelajakni oldindan bashorat qila olmayman”, deydi fransiyalik hujumchi.

Ta’kidlash joiz, Olive Jiru Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. 

Joriy mavsumda Fransiya terma jamoasining 37 yoshli futbolchisi “Milan” safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi 2021 yilning yozidan buyon Italiya jamoasida to‘p surmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Oliv'e Jiru Milan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made