Jiru Fransiya terma jamoasida o‘ynagan eng keksa futbolchiga aylandi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Irlandiyaga (1:0) qarshi bo‘lib o‘tgan Yevro-2024 saralash uchrashuvida ishtirok etdi. 

Futbolchi 36 yoshu 178 kunligida terma jamoa safida o‘yin o‘tkazdi. Bu forvardni 2000 yildan beri Fransiya terma jamoasi safida rasmiy o‘yinda o‘ynagan eng keksa o‘yinchiga aylantirdi.

Jiru 36 yoshu 164 kunligida Fransiya terma jamoasida o‘ynagan afsonaviy himoyachi Lilian Tyuramning natijasini yangiladi. 

Ma’lumot uchun, Olive Jiru Fransiya termasi safida umumiy 121 ta o‘yin o‘tkazib, 53 ta gol urgan. Hujumchi Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar ham hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Oliv'e Jiru Lilian Tyuram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing