Jirinovskiy koronavirusga qarshi vaksinani mahbuslarda sinab ko‘rishni taklif qildi
Olam
−
22 may 2020
10835Rossiyalik siyosatchi Vladimir Jirinovskiy mahbuslarda koronavirus uchun vaksinalarni sinashni taklif qildi. Bu haqda u “Rossiya 24“ efirida aytib o‘tdi.
“Sizni ishontirib aytamanki, mahbuslar muddatini qisqartirish uchun koronavirusga qarshi yangi dorilarni sinovdan o‘tkazishga rozi bo‘lishadi. Masalan, 10 yilga qamalgan mahbusga, vaksina sinovi evaziga jazo muddatini 2 barobarga qisqartirishni taklif qilamiz. Minglab odamlar rozi bo‘lishadi! Buni qilish kerak!“, deydi Jirinovskiy.
Avvalroq, siyosatchi inqirozni yengish uchun Leninning jasadini sotishni taklif qilgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir kun ichida Rossiyada 84 mintaqada 8 894 ta koronavirusning yangi holati aniqlandi. 150 ta o‘lim qayd etildi, 7144 kishi sog‘aydi. Umuman olganda, Rossiya bo‘ylab 85 mintaqada 326,448 infeksiya holati qayd etilgan, 3149 bemor vafot etgan, 99 825 nafari sog‘aygan.
LiveBarchasi