SSSR saqlab qolinganda O‘zbekiston va boshqa davlatlarning gazi bizniki bo‘lardi – Jirinovskiy
Olam
−
06 mart 2021
49156Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy so‘nggi vaqtlarda yana sobiq Sovet ittifoqi tarkibida bo‘lgan respublikalarga hududiy yaxlitlikka ta’sir qiluvchi "takliflar" bilan chiqishni boshladi. U avval ham bunday taklif va hududiy iddaolar bilan chiqqan.
Jirinovskiyning fikricha, agar hokimiyat xalq tarafini egallab, SSSRni saqlab qolish bo‘yicha Butunittifoq referendumi natijalariga ergashsa, bugun mamlakat to‘liq hududiy tarkibila qolishi mumkin edi.
“Biz butun hududni saqlab qolgan bo‘lardik. Biz 300 million bo‘lardik. Qudratli iqtisodiyotimiz bo‘lardi. O‘zimizga to‘q bo‘lardik. Bugun janub bizga butun Afrika, Isroil yoki G‘arbiy Yevropadan olib kelinayotgan narsalarni berardi. Bizda o‘zimizning mevalar, sabzavotlar bo‘lardi. Poliz ekinlari, paxta, uzumlar. Tasavvur qilyapsizmi, biz bugun neft-gaz bozorida monopolist bo‘lar edik. Ozarbayjon, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘istonning barcha gazi bizning umumiy boyligimiz bo‘lardi”, degan siyosatchi “Komsomolskaya pravda”.
Jirinovskiy, agar SSSR saqlanib qolsa, referendum natijalariga ko‘ra hudud muammosi hal bo‘lardi va mamlakat allaqachon 20 yil davomida oziq-ovqat mahsulotini eksport qilgan bo‘lardi. Hozir yana 22 (million – tahr.) tug‘ilardi.
“Buyuk davlat bo‘lardi. Qanchadan-qancha oilalar saqlanib qolardi. O‘shanda qo‘shma nikohlardan Sovet Ittifoqidan 22 million bola dunyoga kelardi. Allaqachon 50 million bo‘lardi. Hech qanday milliylik bo‘lmasdi. Milliylik zo‘ravonlik, pul bilan emas, aralash nikoh orqali issiq temir bilan yondiriladi”, degan Jirinovskiy.
Avvalroq, Jirinovskiy Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarga Rossiyaga qo‘shilishni taklif qilib chiqqandi. U mustaqil respubliklar RFga guberniya sifatida kirishi mumkinligini aytgan.