Jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan futbolchi ozodlikka chiqdi

Sport

image

Avvalroq, “Manchester Siti” himoyachisi Benjamin Mendining yetti marta jinsiy zo‘ravonlikda ayblangani bois sud jarayoni 2022 yilning 27 iyunga ko‘chirilgani haqida xabar bergan edik. 

Kecha, 7 yanvar kuni o‘tkazilgan dastlabki sud majlisida 27 yoshli futbolchi garov puli evaziga hibsdan ozod etildi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, fransiyalik himoyachi sud qaroriga muvofiq hatto garov evaziga ham qo‘yib yuborilmayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Mendi besh nafar ayolga nisbatan yettita zo‘rlash ishida ayblanmoqda. Bunga qadar esa Liverpul shahri shimolida joylashgan xususiy qamoqxonada saqlangan. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Mendi Man Siti Zo'rlash

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing