“Jim turing”. Nozima Vohidova QALAMPIR.UZ’da ish boshladi

Jamiyat 5153
image

Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan jurnalist Nozima Vohidova endi QALAMPIR.UZ’da. 

Jurnalistik faoliyati davomida “Mezon”, “50/50”, “Bekat”, “Qorachiq”, “Ayol baxti”, “Do‘stlar davrasida” kabi ko‘rsatuvlari, tok-shoulardagi bahsli chiqishlari bilan e’tiborga tushgan Nozima Vohidova endi QALAMPIR.UZ’da ham faoliyatini davom ettirib, “Jim turing” nomli yangi loyihaga qo‘l urmoqda. 

Siz uni taniysiz. Suhbatlarini mushtoq bo‘lib kutganingiz, ko‘rsatuvlardagi har bir mavzuni yaqinlar davrasida muhokama qilganingiz aniq. Nozima Vohidova endi har haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 20:00 da turli soha vakillari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda ochiq suhbatlar o‘tkazadi. 

“Jim turing” loyihasining ilk mehmoni oliy toifali shifokor, ginekolog Muhabbat Roziqova. 

Qizlar iffati, kuyovlarni aldayotgan “bokira”lar va bunga bosh-qosh bo‘layotgan ginekologlar insofi haqidagi suhbatni bugun, 16 mart kuni soat 20:00 da QALAMPIR.UZ’ning Instagram, Facebook va YouTube sahifalarida tomosha qiling. 

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 91
Reyting: 3
t
×