Rossiya yangi havo armiyasi tuzmoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning g‘arbiy qismida yangi havo armiyasi tuziladi, uning maqsadi NATO davlatlaridan himoyalanish bo‘ladi. Bu haqda Mudofaa vazirligidagi manbalariga tayanib, “Izvestiya” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yangi armiyani bir necha qiruvchi polk, bombardimonchi polk, armiya aviatsiyasi, havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari va radiotexnika qo‘shinlaridan shakllantirish rejalashtirilgan. Yangi havo armiyasi Moskva yoki Leningrad harbiy okrugiga joylashtiriladi.

Nashrning yozishicha, uni yaratish zarurati Shimoliy Atlantika alyansi, xususan, Finlyandiya va kelajakda Shvetsiyaning NATOga kirishi tahdidlarining kuchayishi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Yevropadagi armiyasining sobiq qo‘mondoni, iste’fodagi general Ben Xodjs NATO Rossiyani to‘xtatib turish uchun harbiy faollikka ega emasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made