“Jiguli” ustida qo‘shiq kuylagan “xonanda”ga chora ko‘rildi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida "Jiguli" rusumli avtomobil ustiga chiqib, qo‘shiq kuylagan shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat Beruniy tumanining davlat ahamiyatiga molik bo‘lmagan ichki yo‘llaridan birida 28 yoshli fuqaro tomonidan sodir etilgan. Harakatlanib ketayotgan “Jiguli” ustida qo‘shiq kuylagan "shovvoz"ning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holda video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan va transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan. Mashina ustida kuylagan "xonanda" ham o‘z qilmishidan pushaymonligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jiguli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing