“Jiguli”ga chana bog‘lab o‘rtoqlarini uchirgan yigit jazolandi (video)
3-sahifa
−
24 dekabr 4150 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi yo‘l o‘rtasida avtomobilga chana bog‘lab ikki nafar shaxs bilan birga xavfli harakatlar qilgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa joriy yil 20 dekabrdan 21 dekabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.
“Men Instagram’ga video joylagan edim. 20 dekabrdan 21 dekabrga o‘tar kechasi soat 12:00-01:00 atrofida o‘rtoqlarim bilan sirg‘anchiq uchmoqchi edik. Ketayotganda shu hodisa bo‘ldi. Aylantirgandim bitta bola tushib qoldi. Xavfli “tryuk” bo‘lgani uchun qilgan ishim noto‘g‘riligini chaqirib, tushuntirishdi. Qilgan ishimdan afsusdaman, qaytib qilmayman”, deydi haydovchi.
Bildirilishicha, mazkur holat bo‘yicha haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-10-moddasi (yo‘l bezoriligi) bilan tegishli tartibda chora ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida avtomobil tomiga chiqib, mushak otgan 21 yoshli yigit 7 sutkaga qamalgandi.
Live
Barchasi