JIDUdagi adolatsizlikka Prezident barham berdi
Jamiyat
−
21 Sentabr 2023
21873Kecha, 20 sentyabr kuni QALAMPIR.UZ saytiga intervyu bergan, yuqori natija — 189 ball to‘plasa-da, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan 5 nafar talaba Prezident tomonidan berilgan imtiyoz bo‘yicha davlat granti asosida o‘qiydi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Behzod Hidoyatov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni qabul qilingan.
Bayonda esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi (o‘zbek guruhi)ga eng yuqori – 189 ball to‘plangan ammo to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan quyidagi abituriyentlari Prezident tomonidan berilgan imtiyoz bo‘yicha davlat granti asosida o‘qiydi:
1. Axatova Aziza Shuxrat qizi;
2. Abdulvoxidova Muxayyoxon Lutfullo qizi;
3. Xo‘Jabekov Ubaydullo Ne’matovich;
4. Irgasheva Muxlisa Azizbek qizi;
5. Tilavoldiyev Sanjar Zafarjon o‘g‘li.
Ma’lumot uchun, avvalroq Bosh vazir Abdulla Aripovning topshirig‘i bilan Davlat qabul komissiyasining barcha mas’ul a’zolari ushbu masalani hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga yig‘ilgan edi. Unda esa mazkur masala bo‘yicha maxsus bayonnoma ishlab chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin QALAMPIR.UZ saytida jamoatchilik faollari ta’limdagi mazkur adolatsizlikka qanday munosabat bildirayotgani haqida maqola e’lon qilingan edi.
Ushbu holat haqidagi maxsus intervyularni QALAMPIR.UZ’ning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi