Jiddiy zararlangan: Luvrdan o‘g‘irlangan Yevgeniya toji namoyish etildi

Olam

image

Luvrdagi o‘g‘rilikdan so‘ng ilk bor Napoleon III ning rafiqachi Yevgeniyaning toji namoyish etildi. 2025 yilning 19 oktyabr kuni sodir bo‘lgan talonchilik vaqtida o‘g‘rilar shoshilib tojni ko‘chada tashlab ketgan. Bu haqda muzeyning rasmiy saytida xabar berildi.

O‘tgan yilning oktyabr oyida yuz bergan Luvr talonchiligida bir guruh jinoyatchilar qariyb 88 million yevro qiymatidagi qimmatbaho buyumlarni olib qochishga muvaffaq bo‘lgan. Ular fransuz monarxlariga tegishli, brilliantlar bilan bezatilgan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan. Biroq. ular Napoleon III ning rafiqasi Yevgeniyaga tegishli tojni jinoyat joyidan skuterda qochib ketayotgan paytda tushirib yuborgan.

Talonchilikdan so‘ng muzey zarar ko‘rgan tojning suratlarini e’lon qildi. Unda buyum “sezilarli darajada shikastlangani” ma’lum qilingan, chunki talonchilar uni shisha himoya vitrinasida ochilgan tor teshikdan o‘tkazishga uringan.

Tojda oltin burgutlardan biri yetishmaydi, biroq barcha 56 ta zumrad va deyarli barcha brilliantlar (1354 tadan atigi o‘ntasi yo‘q) o‘z joyida saqlanib qolgan.

Muzey ma’muriyatining qo‘shimcha qilishicha, XIX asrda yasalgan toj to‘liq restavratsiya qilinadi, bunda “rekonstruksiya qilish zarurati bo‘lmaydi”. Restavratsiya jarayonini Luvr rahbari Loran de Kar boshchiligidagi maxsus ekspert komissiyasi nazorat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Luvrdagi talonchilik 2025 yil 19 oktyabrda sodir bo‘lgandi. Jinoyatchilar muzey ochilishidan sal avval o‘g‘irlangan avtomobilda muzeyga borgan va arralardan foydalanib, balkon orqali Apollon galereyasiga kirib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Luvr Evgeniya toji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing