Jerar Deparde O‘zbekiston haqidagi hujjatli filmda suratga tushdi

Madaniyat-san’at

image

Mashhur aktyor Jerar Deparde fransuz televideniyesining hujjatli filmida O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari, xalq-amaliy san’ati va milliy oshxonasi haqida so‘zlab berdi. “Bu yerda sivilizatsiya chorrahasi bor”, degan Deparde ikki haftalik sayohatidan keyin.

Arno Friyening Jerar Depardening O‘zbekistonga ikki haftalik safari haqida suratga olingan “Mening o‘zbekcha orzuim” hujjatli filmi 19 oktyabr kuni Fransiyada namoyish qilindi.

Jan Kedroffning mazkur film haqidagi maqolasi “Valeurs actuelles” haftalik jurnalida chop etildi.

“Film davomida Jerar Depardening kadr ortidagi ovozi tomoshabinlarni bir-birini almashtirib turuvchi tarixiy shaharlar Xiva, Buxoro va Samarqand ko‘chalari bo‘ylab boshlab boradi”, degan maqola muallifi.

Deparde O‘zbekistoning qadimiy shaharlaridan yurganida tomoshabinlarga faqatgina tarixiy obidalarni ko‘rsatmaydi, shu bilan birga odamlarning kundalik hayotini ham namoyish qilgan. Aktyor an’anaviy o‘zbek to‘yida ham qatnashgan. 

“Sizda Fransiyada pishloqning 365 turi bor, bizda palovning 365 turi”, deya hazillashgan aktyorning fransuzchani biladigan gidi.

Qayd etilishicha, 71 daqiqalik hujjatli film O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida Arno Friye tomonidan suratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Jerar Depard'e

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing