Jenindagi to‘qnashuvda 8 kishi halok bo‘ldi 

Olam

image

Isroil kuchlari tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Jenin qochqinlar lageriga uyushtirilgan reydda 8 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 14 nafari yaralandi. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yaradorlardan bir qismining ahvoli og‘ir.

Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatining xabar berishicha, Jeninga ketayotganida ularning tez yordam mashinasi hujumga uchragan va feldsher yaralangan.

Guvohlarning aytishicha, Isroil armiyasi hujumlar chog‘ida dronlardan foydalangan.

Ma’lumot uchun, 7 oktyabrdan beri ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda Isroil kuchlari tomonidan uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lgan falastinliklar soni 173 nafarga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 9 noyabr kuni G‘arbiy Sohildagi Jenin shahrida Falastin kuchlari va Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar boshlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

to'qnashuv Jenin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made