Isroil qo‘shinlari G‘arbiy Sohilda jangga kirdi
Olam
−
09 noyabr 2023
5712G‘arbiy Sohildagi Jenin shahrida Falastin kuchlari va Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Al Mayadeen” va “Al-Jazeera” xabar berdi.
Isroil manbalarining ma’lum qilishicha, Falastin kuchlari G‘arbiy Sohilning Nablus shahri janubi-sharqidagi Itamar aholi punkti yaqinida bir avtomobilga yaqin masofadan o‘t ochgan, oqibatda bir erkak va bir ayol yaralangan. Mashinada besh oylik bola ham bo‘lgan, biroq u jabrlanmagan. Shundan so‘ng, hokimiyat hududga qo‘shin kiritgan.
“Ushbu voqealar fonida Nablus sharqidagi Bayt-Furik shahrida falastinlik yoshlar va Isroil armiyasi o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi”, deb yozgan “Al-Jazeera”.
Bundan tashqari, SAXAL kuchlari og‘ir texnika va dronlar yordamida Jenin shahriga hujum uyushtirgan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning uchuvchisiz samolyoti shahardagi lagerga zarba bergan.
WAFA axborot agentligi manbalariga ko‘ra, hujumda 70 ga yaqin harbiy texnika, to‘rtta harbiy buldozer, bir vertolyot, razvedka samolyoti va snayperlar ishtirok etmoqda. Isroil harbiylariga atrofdagi Al-Jalama va Mukabiladan qo‘shimcha kuchlar kelgan.
“Al Mayadeen” xabariga ko‘ra, falastinlik jangchilar Isroil armiyasi kolonnalari yo‘lida bombani portlatgan. “Arslon uyi” (Arin al-Asud) guruhi Nablus hududidagi 14 ta hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu harbiy vazirlar mahkamasi bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat terrorizmga qarshi kurash maqsadini ko‘zlamoqda, eskalatsiyaning oldini olishga va G‘arbiy Sohilni ikkinchi frontga aylantirmaslikka harakat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, G‘arbiy Sohil Falastin Ozodlik Tashkiloti tomonidan nazorat qilinadi. Uning rahbari Mahmud Abbos Falastin Prezidenti hisoblanadi. Bu hududning poytaxti – Ramalloh shahri.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr