Jeff Bezos kosmosga parvoz oldidan “Amazon” rahbarligidan ketdi

Olam

image_2021-07-05_22-22-02

“Amazon” asoschisi Jeff Bezos kompaniyaning bosh direktori lavozimidan ketdi. Bu haqda “Amazon” saytidagi ma’lumotlarga asoslanib “The Verge” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, “Amazon Web Services” bo‘limining sobiq rahbari Endi Jessi kompaniyaning yangi bosh direktori etib saylangan.

Ma’lumot uchun, Bezos roppa-rosa 27 yil davomida — “Amazon” 1994 yil 5 iyulda tashkil etilganidan beri kompaniya bosh direktori bo‘lib ishlagan. Endilikda, u kompaniyaning direktorlar kengashi ijrochi raisi bo‘lib faoliyat olib bormoqda.

Xabarda qayd etilishicha, ushbu lavozimda salkam 30 yil faoliyat yuritgan “Amazon” asoschisi kompaniyaning muhim loyihalarida ishtirok etishda davom etsa-da, o‘z vaqtining bir qismini “Bezos Earth Fund” xayriya fondi, “Blue Origin” aerokosmik kompaniyasi, “The Washington Post” gazetasi va “Amazon Day 1” fondiga bag‘ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyining oxirida Jeff Bezosning 82 yoshli amerikalik Uolli Fank bilan kosmosga uchishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jeff Bezos “Amazon” “Blue Origin”

Baholaganlar

144

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing