Jeff Bezos eng boy odamlar ro‘yxatida yana Maskdan o‘zib ketdi

Bu qiziq

image

Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida Ilon Maskdan o‘zib ketdi. Bu haqda "Bloomberg" nashri xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Jeff Bezos dunyoning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egallagan. U sakkiz oy davomida ro‘yxatda birinchilikni hech kimga bermay kelgan Tesla, SpaceX va X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Maskni ortda qoldirgan. Bu Tesla aksiyalari narxi bir kun avval 7 foizdan ko‘proqqa tushib ketgani bilan yuz bergan.

Bezosning boyligi 200 milliard dollarni, Maskniki esa 198 milliard dollarni tashkil etmoqda. “Bloomberg” nashri o‘tgan yilning oktyabr oyida Amazon asoschisi kapitalining qiymatini 156 milliard dollarga baholagan edi.

Bezos va Maskdan keyin, uchinchi o‘rinni LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) mashhur hashamatli tovarlar ishlab chiqaruvchi fransuz transmilliy kompaniya egasi Bernard Arno egalladi. Uning boyligi 197 milliard dollarni tashkil etadi.

To‘rtinchi o‘rinda Meta rahbari Mark Sukerberg (179 milliard dollar), beshinchi o‘rinda esa Microsoft asoschisi Bill Geyts (150 milliard dollar) keltirilgan.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jeff Bezos Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing