Jeff Bezos bosh direktorlik lavozimidan qachon ketishini ma’lum qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Amazon asoschisi Jeff Bezos kompaniyaning bosh direktorlik lavozimidan joriy yilning 5 iyulida ketishini ma’lum qildi. Bu haqda CNBC xabar bergan.  

“Biz shu sanani tanladik, chunki ushbu kun men uchun ahamiyatli”, degan Bezos. 

U 27 yil oldin (1994 yil) aynan shu kuni Amazon kompaniyasiga asos solganini ta’kidlagan. 

Qayd etilishicha, kompaniyaning yangi rahbari Amazon Web Services bosh direktori Endi Jessi bo‘ladi. Bezosning o‘zi kompaniyaning ijro etuvchi raisi lavozimini egallaydi. U boshqa loyihalar qatori xayriya tashabbuslariga ko‘proq vaqt ajratishni rejalashtirgan. 

Eslatib o‘tamiz, Jeff Bezosning kompaniyaning bosh direktorlik lavozimidan ketishi joriy yilning fevral oyida ma’lum bo‘lgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, bosh ofisi Siettlda (Vashington) joylashgan Amazon hozirda dunyodagi eng yirik onlayn chakana sotuvchilardan biri hisoblanadi. 

Kompaniya AQSH, Kanada, Xitoy, Yaponiya, Braziliya va Yevropa mamlakatlarida faoliyat yuritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jeff Bezos

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing