Jeff Bezos Amazon bosh direktorligidan ketadi

Olam

image

Amazon asoschisi Jeff Bezos 2021 yilning uchinchi choragida kompaniyaning Bosh direktorlik lavozimidan ketadi. Bu haqda Amazon kompaniyasi xabarida aytilgan. 

Manbaga ko‘ra, kompaniyaning yangi rahbari Amazon Web Services'ni boshqaruvchi Endi Yassi bo‘ladi. 

Bezos direktorlar kengashida ijro etuvchi rais lavozimini egallaydi 

"Men rais sifatida asosiy e’tiborni yangi mahsulotlarga qaratmoqchiman. Endi Yassi kompaniyada yaxshi tanilgan va Amazon'da deyarli men kabi ishlagan. U ajoyib rahbar bo‘ladi va men unga to‘liq ishonaman", degan Bezos kompaniyaning xodimlariga yozgan maktubida. 

Bezos Amazon'ning muhim loyihalarida ishtirok etishda davom etishiga ishontirgan. 

Shu bilan birga, u o‘zining Bezos Earth Fund xayriya fondi, Blue Origin aerokosmik kompaniyasi, The Washington Post gazetasi va Amazon Day 1 Fund'iga ko‘proq vaqt ajratish niyatida ekanini ta’kidlagan. 

Amazon kompaniyasiga 1994 yil iyulida asos solingan va Bezos o‘shandan beri unga rahbarlik qilib kelmoqda. 

Bir yildan so‘ng, ya’ni 1995 yilda kompaniya onlayn-do‘konni ishga tushirgan. 

Bosh ofisi Siettlda (Vashington) joylashgan Amazon hozirda dunyodagi eng yirik onlayn chakana sotuvchilardan biri hisoblanadi. 

Kompaniya AQSH, Kanada, Xitoy, Yaponiya, Braziliya va Yevropa mamlakatlarida faoliyat yuritadi. 

Kompaniyaning bo‘lajak Bosh direktori Yassi esa 1997 yilda Amazon'ga qo‘shilgan va kompaniyaga qo‘shilganidan beri Amazon Web Services'ni boshqargan. 

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Bezos dunyodagi eng boy odam hisoblanadi. Nashr uning boyligini 196,2 milliard dollarga baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Jeff Bezos

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing