Jeff Bezos 500 million dollarlik yaxta sotib olmoqchi
Olam
−
09 may 2021 7394 1 daqiqa
Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos narxi 500 million dollardan ortiqqa baholangan yaxtani sotib olishga qaror qildi. Bu haqda "Bloomberg" axborot manbalariga tayanib xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, yaxtaning uzunligi 127 metrni tashkil etadi, unda bir necha paluba va uchta katta ustunlar bo‘ladi.
Bundan tashqari, unga vertolyot maydonchasi bo‘lgan yordamchi yaxta biriktiriladi.
Kema Gollandiyada qurilgan eng yirik suzib yuruvchi yaxtalardan biri bo‘lishi kutilmoqda.
Kema uchun mas’ul bo‘lgan Oceanco ishlab chiqaruvchisi vakili ushbu ma’lumot bo‘yicha izoh berishdan bosh tortgan.
Avvalroq, Jeff Bezosning sobiq rafiqasi, milliarder Makkenzi Skott amerikalik o‘qituvchi Den Jettga turmushga chiqqani haqida xabar bergandik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025