JCHning yettinchi kuni qanday o‘tdi? (fotoreportaj)
Sport
−
08 may 2023
7938Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda.
Musobaqaning yettinchi kunida ham bir qator o‘zbekistonlik bokschilar ringga ko‘tarilib, o‘zlarining zafarli yurishlarini davom ettirdi.
Kechki dastur janglari boshlanishiga yaqin “Humo” arena odatdagidek muxlislar bilan to‘la boshladi, chunki soat 19:00 lar atrofida Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov ringga chiqishi kerak edi.
Nihoyat Do‘smatov ringga chiqib keldi. U marokashlik kuchli bokschi Said Mortajiga qarshi jangda mutlaq ustunlik bilan g‘alaba qozondi.
Do‘smatovning jangi yakunlangach, muxlislarning e’tibori “B” ringga qaratildi. Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov avstraliyalik Teremoana Teremoanaga qarshi to‘qnashuv uchun arenaga chiqib keldi.
Jalolov-Teremoana bahsi muddatidan avval yakunlandi. 2-raundga kelib o‘zbekistonlik jangchi zarbalar “yomg‘ir”i uyushtirib, raqibini imkonsiz qoldirdi. Avstraliyalik bokschi uch marta “nokdaun” holatiga tushgach, hakam jangni to‘xtatdi.
Bugun, 8 may dasturida 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi. -54 kg da Oybek Jo‘rayev, -92 kg da Lazizbek Mullojonov, -48 kg vaznda Shodiyor Meliqo‘ziyev, -60 kg vazn toifasida Mujibillo Tursunov va -86 kg da Shohjahon Abdullayev turnirda navbatdagi jangini o‘tkazadi.
LiveBarchasi