JCHning asosiy favoriti o‘zgardi – “Opta”

Sport

image

Britaniyaning “Opta” tahlil kompaniyasi superkompyuteri Argentina terma jamoasini guruh bosqichining ikkinchi turidan so‘ng Jahon chempionatining asosiy favoriti deb baholadi. Bu haqda kompaniya saytida xabar qilindi. 

Argentinaning turnirda g‘olib chiqish ehtimoli 15,46 foizni tashkil etmoqda. Keyingi o‘rinlardan Fransiya (15,06 foiz) va Ispaniya (12,48 foiz) joy olgan.

Kuchli o‘nlikdan Angliya (9,48 foiz), Portugaliya (6,71 foiz), Germaniya (6,60 foiz), Norvegiya (5,42 foiz), Braziliya (4,56 foiz), Niderlandiya (4,26 foiz) hamda AQSH (4,07 foiz) terma jamoalari o‘rin olgan.

Turnir boshlanishidan avval “Opta” superkompyuteri Ispaniyani asosiy favorit sifatida ko‘rsatgan edi. Guruh bosqichining birinchi turidan so‘ng esa Fransiya reytingda yetakchilikni qo‘lga kiritgan.

Endi esa 2-tur uchrashuvlari yakunlangach superkompyuter amaldagi chempionlarni yana bir bor turnirda g‘olib chiqadi, degan prognozlarni bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi 1-turda Jazoirni yirik – 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 2-turda Avstriya ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi va muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing