JCHga yo‘l olgan Azar “Real” mashg‘ulotlarida ishtirok etdi

Sport

image

Belgiya terma jamoasi bilan JCH-2022 turniriga yo‘llanma olgan Eden Azar “Real Madrid” tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Bugun, 16 noyabr kuni “Qirollik klubi” futbolchilari Ispaniya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan “Granada”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mashg‘ulot o‘tkazishdi. Unda noyabr oyidagi o‘yinlar uchun terma jamoalarga chaqirilmagan futbolchilar ishtirok etdi. Terma jamoalardan qaytgan boshqa futbolchilarga esa bir kunlik dam olish imkoniyati berildi.

Faqatgina Eden Azar bundan mustasno edi. Belgiyalik futbolchi bir necha kun oldin Estoniyaga (3:1) qarshi JCH saralash o‘yinida maydonga tushganiga qaramay, mashg‘ulotlarda qatnashishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, Azar “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Karlo Anchelottining ishonchini yo‘qotgani va qishda jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Eden 2019 yilning yozida 120 million yevro evaziga “Chelsi”dan Madrid jamoasiga transfer qilingan. Ushbu mavsumda vinger barcha turnirlarda sakkizta o‘yin o‘tkazdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Eden Azar Real Madrid Bel'giya Karlo Anchelotti

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing