JCH saralashida Osiyodan ilk iste’fo!
Sport
−
13 Sentabr 2019 10114 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha Quvayt milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Romeo Yozak iste’foga chiqarildi.
Quvayt futbol assotsiatsiyasi JCH-2022 saralash bosqichi 2-tur doirasidagi Avstraliyadan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng mutaxassisni iste’foga chiqardi.
Murabbiy terma jamoa JCH-2022 saralash bahslarini Nepal (7:0) ga qarshi o‘yindagi yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshlagan edi.
Xorvatiyalik mutaxassis faoliyati davomida Quvayt termasidan tashqari "Dinamo" (Zagreb), "Osiyek", "Legiya" klublarida, shuningdek, Liviya va Xorvatiya terma jamoalarida ishlagan.
Quvayt terma jamoasi saralashdagi keyingi o‘yinini 10 oktyabrda Iordaniyaga qarshi safarda o‘tkazadi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel