JCH effektida Livanda ham ko‘cha mushtlashuvlari sodir bo‘ldi
Sport
−
11 dekabr 2022
707311 dekabrga o‘tar kechasi Livan armiyasi qo‘shinlari Marokash jamoasining JCHda Portugaliya ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng futbol muxlislari tomonidan qo‘zg‘atilgan Bayrutning nasroniylar kvartalidagi ko‘cha to‘qnashuvlarini to‘xtatdi. Bu haqda "El-Nashra" axborot portali xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Marokash, Falastin va Suriya bayroqlari bilan muxlislarning katta guruhi mototsikllarda Rojdestvo archasi o‘rnatilgan Sasin maydoniga Marokash jamoasining muvaffaqiyatini nishonlash uchun borgan.
Futbol ishqibozlarining paydo bo‘lishi maydonda navbatchilik qilayotgan xristian partiyalari faollari tomonidan dushmanlik kayfiyatida kutib olindi, natijada mushtlashuvlar boshlandi. Armiya patrullari voqeaga zudlik bilan aralashib, holat sabachilarini qo‘lga oldi.
10 dekabr kuni marokashliklar JCH 1/4 final uchrashuvida Portugaliya terma jamoasini mag‘lub etdi. Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi. Marokash terma jamoasi Jahon chempionatining yarim finaliga chiqqan birinchi Afrika terma jamoasiga aylandi. 14 dekabr kuni yarim finalda Marokash Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan Fransiya bilan o‘ynaydi.
LiveBarchasi