Qariyb 200 ming kishi JCH-2022 finalini qaytadan o‘tkazishni talab qilmoqda
Sport
−
23 dekabr 2022
8053Fransiyalik muxlislar Fransiya va Argentina o‘rtasidagi JCH-2022 final bahsini takroran o‘tkazish bo‘yicha onlayn petitsiya tuzdi.
Murojaat Fransiyaning maxsus “MesOpinions” saytida yaratilgan bo‘lib, mualliflar hakamlik bilan bog‘liq xatolar uchun final o‘yinini takroran o‘tkazilishini xohlashmoqda. Murojaat ko‘rib chiqilishi uchun Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ga yuborilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunga qadar 196 mingdan ortiq kishi Jahon chempionati finalini takroran o‘tkazish bo‘yicha so‘rovni imzolagan.
2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidagi g‘alaba Fransiya terma jamoasi uchun ketma-ket ikkinchi, tarixda esa uchinchisi bo‘lishi mumkin edi, ammo jamoa yakunda penaltilar seriyasida 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
LiveBarchasi